Javohir Zokirov Rossiyadagi festivalda diplomga ega bo'ldi
Madaniyat2015-11-11 00:00:00
O'zbekistonlik mashhur aktyor Javohir Zokirovga «Moskvoboddan qochish» («Pobeg iz Moskvabada») fil`midagi ijrosi uchun «Probujdenie» Butunrossiya kinofestivalida eng yaxshi bosh rol ijrochisi yo'nalishida diplom topshirildi. Bu haqda aktyor My Day nashriga tayanib Daryo.uz xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, ushbu fil`m stsenariysi o'zbekistonlik rejissyor Yusuf Roziqovga tegishli bo'lib, Javohir Zokirov unda uyi va oilasidan uzoqdagi Hasan ismli muhojirni jonlantiradi.
Aktyor Rossiyada, shuningdek «Ostonalar» («Porogi») serialida ham suratga tushdi. Bundan tashqari, O'zbekistonda uning yangi «Baron» fil`mi (rejissyor — Rustam Sa'diev) yaqinda prem`era qilinadi.
Foto: MyDay.uz
1572